Samarqandda 30 nafar «GAI» tanlov asosida ishga qabul qilindi
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l patrul xizmatiga 30 nafar yosh xodimni ishga qabul qildi. Ular 202 nafar nomzod orasidan saralab olingan.
Yosh xodimlarni vazifasiga tayinlash marosimida ularga aholi bilan ishlashda xushmuomala bo‘lish, ko‘proq kitob o‘qish, halol bo‘lish va qoidalarga to‘liq amal qilish talabi qo‘yildi.
Tadbirda tanlovda qatnashgan jami 202 nafar nomzodlardan 120 nafari jismoniy tayyorgarlikdan o‘tolmagan. Uch nafari axloqiy-psixologik sinovda qoniqarsiz baholangan va yakuniy suhbatda 39 nafar nomzodlarning bilim darajasi pastligi uchun tizimga qabul qilinmagan.
Yosh xodimlarning aksariyati yaqindagina oliy ta’lim muassasalarini bitirgan. Ushbu kadrlar yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov asosida qabul qilinib, shu vaqtga qadar bunday amaliyot bo‘lmagani ma’lum qilindi.
Qoidaga ko‘ra, ishga qabul qilingan bu yoshlarga bir yil davomida tajribali xodimlar biriktiriladi.
Mavzuga oid
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024