Jahon | 14:30 / 03.03.2023
9132
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Shveytsariyadan Leopard 2 tanklarini sotib olmoqchi

Foto: Picture Alliance

Xarid qilingan Leopard’lar yordamida Germaniya Ukrainaga tank yetkazib beruvchi mamlakatlarda yetishmovchilikni qoplashni rejalashtirmoqda. Shveytsariya armiyasi Germaniya hukumatining tegishli arizasini ko‘rib chiqishni boshladi

Germaniya Shveytsariyadan ushbu davlatda saqlanayotgan Leopard 2 tanklarini sotib olmoqchi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek 23 fevraldagi maktubida Shveytsariya iqtisodiyot vaziri Viola Amherddan shartnomani tasdiqlashni so‘radi, deb yozadi Shveytsariyaning Blick gazetasi juma, 3 mart kuni. 

Germaniya hukumatining rejalariga ko‘ra, 96 ta foydalanishdan chiqarilgan Leopard 2 tanklari nemis ishlab chiqaruvchisi Rheinmetall’ga qaytarilishi kerak. Germaniya bu tanklar Ukrainaga tank yetkazib beruvchi YeI va NATO mamlakatlari arsenalidagi uskunalar yetishmasligini qoplaydi degan fikrda, deb ta’kidlaydi Blick. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Shveytsariya armiyasi o‘zida saqlanayotgan Leopard’ni Germaniyaga sotish masalasini dastlabki ko‘rib chiqishni boshlagan. Shveytsariya harbiy vakili Blick nashriga uning armiyasi cheklangan miqdordagi jangovar tanklarni berishi mumkinligini aytdi, ammo o‘z ehtiyojlari uchun 34 ta tank kerak.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid