Belarusda zarar yetkazilgan A-50 samolyoti Rossiyaga yuborildi
Dron hujumi natijasida zarar yetgan Rossiya Aerokosmik kuchlarining A-50 samolyoti ta’mirlash uchun Taganrogga ko‘chirildi, bu ma’lumot «Zerkalo» nashriga Taganrog aviatsiya ilmiy-texnika majmuasining qabulxonasida tasdiqlandi.
Belarusning Machulishchi harbiy aerodromida joylashgan Rossiyaning A-50 razvedka samolyoti ta’mirlash uchun Taganrogga uchib ketdi, deb xabar qildi 3 mart, juma kuni «Zerkalo» nashri. Bu ma’lumot jurnalistlarga G. M. Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnika majmuasi qabulxonasida tasdiqlandi, ular majmuaga Machulishchidagi aerodrom xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilgan.
A-50 samolyotlarini ta’mirlovchi 325-aviatsiya ta’mirlash zavodini o‘z ichiga olgan majmua qabulxonasi bort raqami 43 bo‘lgan samolyot haqiqatan ham yetib kelganini ta’kidladi. «Zerkalo» ushbu telefon suhbatining stenogrammasini e’lon qildi: «Sizga Belarusdan kelgan A-50 samolyotining ta’miri haqida qo‘ng‘iroq qilyapman, boshliqlarim tafsilotlarga oydinlik kiritinglar, degan...» – «A- 50? Siz 43-bortni nazarda tutyapsizmi? - <...> - «Bu aynan Belarusdan kelgan samolyotmi?» – «Ha, ha, kecha kelgan».
Suhbat chog‘ida «Zerkala» jurnalistiga qabulxonada bir nechta telefon raqamlari berilgan, ular orqali ta’mirlash tafsilotlariga oydinlik kiritish mumkin bo‘lgan, biroq ularning hech biriga javob qaytarilmagan, deb yozadi nashr.
Minsk yaqinidagi Machulishchidagi Belarus harbiy aerodromida 26 fevral kuni ertalab portlashlar sodir bo‘ldi. Sobiq Belarus xavfsizlik xodimlari uyushmasi BYPOL xabariga ko‘ra, diversiya natijasida Ukrainadagi nishonlarga raketalarni yo‘naltirishda foydalanilgan Rossiyaning A-50 erta ogohlantirish va nazorat qilish harbiy samolyoti jiddiy shikastlangan. BYPOL ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar natijasida A-50 samolyotining old va o‘rta qismlari, shuningdek, radar antennasiga zarar yetgan.
Mavzuga oid
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024