Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston transport parki modernizatsiyasiga Yaponiya sarmoyasi jalb qilinadi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir maslahatchisi Abdulla Hoshimov va Yaponiya Savdo assotsiatsiyasining MDH bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (ROTOBO) bosh direktori Takafumi Nakay rahbarligidagi delegatsiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida xalqaro yuk tashish, tranzit, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, “Osiyo – Markaziy Osiyo – Yevropa” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Yaponiya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi muqobil transport yo‘laklarini o‘rganish va tashkil qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakat transport parkini modernizatsiyalash, xalqaro yuk tashish jarayonlarini raqamlashtirish va respublikada yangi logistika markazlarini yaratishga Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari sarmoyalarini jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Takafumi Nakay ikki tomonlama investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sheriklikning barqaror o‘sishini ko‘zlab ikki davlatning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha yangi amaliy takliflarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026