Jahon | 13:10 / 08.03.2023
22828
6 daqiqa o‘qiladi

Tbilisida «Kremldan ilhomlanilgan» qonun loyihasiga qarshi namoyish. Asosiy ma’lumotlar

Gurjiston parlamenti «chet el agentlari to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Tbilisi markazida - ommaviy norozilik aksiyalari boshlandi, politsiya namoyishchilarni kuch bilan tarqatmoqda. AQSh qonun loyihasini ishlab chiqishda «Kremldan ilhom olingan» deb hisoblamoqda. Bu qonun Gurjistonning Yevroittifoqqa kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA

Gurjiston parlamenti 7 mart kuni «chet el agentlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. «Novosti-Gruziya» portaliga ko‘ra, «Chet el ta’sirining shaffofligi to‘g‘risida»gi qonunga 76 deputat ovoz bergan, 13 deputat qarshi chiqqan. Bu qonun loyihasi Gurjistonda «chet el agentlari» reyestri paydo bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu ro‘yxatdan moliyalashtirilishining 20 foizdan ortiq qismi xorijdan bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rin oladi. 

«Chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun loyihasining ikkinchi varianti — «Chet el agentlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni — 9 mart kuni o‘tkaziladi. Bu loyihada «chet el agenti ta’siri» maqomi xorijdan moliyaviy yordam oluvchi har qanday jismoniy va yuridik shaxsga berilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Bu tashabbuslar qabul qilinsa, Gurjiston Yevroittifoq a’zoligiga nomzod maqomini olish va NATOga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Gurjiston parlamenti «chet el agentlari ta’siri» to‘g‘risidagi taklifni ommaviy namoyishlar fonida muhokama qildi. Ovoz berish kuni Rustaveli shohko‘chasidagi parlament binosi oldida bir necha ming kishi to‘plandi. Tbilisi politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkovchi uskunalar qo‘llagan. Shuningdek parlament atrofida shovqinli granatalardan foydalanilgani aytilgan. Namoyishchilar esa politsiyachilarga butilkalar, fayerlar va Molotov kokteyllari uloqtirishgan. Mahalliy vaqt bilan tun yarmidan og‘ganda namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga uringan. IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar chog‘ida 66 kishi qo‘lga olingan. Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar parlament binosi va xizmat mashinalariga o‘t qo‘yishgan, to‘qnashuvlar oqibatida IIVning 50 nafarga yaqin xodimi, shuningdek oddiy fuqarolar jabrlangan.

Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili namoyishchilarni qo‘llab-quvvatladi. 7 mart kuni kechqurun u Nyu-Yorkdan turib Gurjiston xalqiga murojaat qildi. U «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yishini aytdi. «Bu bugun va ertaga bo‘lmaydi, ammo qonun loyihasi [parlamentdan] qaytarib olinishi kerak», — degan Zurabishvili.

AQShning Tbilisidagi elchixonasi bu kunni «Gurjiston demokratiyasi uchun qora kun» deb atagan. «Gurjiston parlamentida Kremldan ilhomlanilgan qonunlarni muhokama qilish mamlakatning Yevropa integratsiyasi va demokratik taraqqiyotga intilishiga mos kelmaydi razvitiyu. [„chet el ta’siri“] to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishi Gurjistonning strategik sheriklari bilan munosabatlariga putur yetkazadi va o‘z fuqarolariga [mamlakat ichida] yordam ko‘rsatadigan tashkilotlar faoliyatini qiyinlashtiradi. Qonun loyihasi va uning faol muhokamasi hukmron partiyaning Yevroatlantika integratsiyasiga tayyorligini shubha ostiga qo‘yadi», — deyiladi elchixona xabarida.

Muxolifat navbatdagi namoyishlarga chorlamoqda. 8 mart kuni muxolifatdagi «Strategiya Agmashenebeli» partiyasi rahbari Giorgiy Vashadze 8 mart kuni tushdan keyin Tbilisidagi parlament binosi oldida navbatdagi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. U maxsus kuchlar va politsiyani bir kun avval Gurjiston poytaxti markaziga kirgan tinch namoyishchilarga nisbatan nomutanosib kuch ishlatganlikda aybladi. «Ko‘plab namoyishchilar hibsga olingan, ular orasida muxolifatdagi «Girchi» partiyasi rahbari Zurab Japaridze ham bor. Bir necha soatdan keyin parlament oldidagi maydonga kechagidan ham ko‘proq odam yig‘iladi», dedi u. Vashadze «jahon hamjamiyati Gurjistonning amaldagi rasmiylarini tinch aksiyani tarqatib yuborgani uchun albatta qoralashiga» ishonch bildirdi.

«Meduza»
Zurab Javakhadze / Reuters / Scanpix / LETA
Namoyishchilar politsiyachilar tomonga Molotov kokteyllari uloqtirishdi
Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA
«Meduza»
Gruzin politsiyasi yo‘lni to‘sib qo‘ydi va namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi. Foto: «Meduza»
Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA
«Meduza»
Ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan jabrlangan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi
Zurab Javakhadze / Reuters / Scanpix / LETA
«Meduza»
«Meduza»
Yarim tunda namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga urinishdi, ammo ularni ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaza va shovqinli granatalar bilan tarqatib yuborishdi.
Zurab Tsersvadze / AP / Scanpix / LETA
Yoqib yuborilgan mashina oldidagi politsiya xodimlari
Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid