Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 mart kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 10 mart, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +6...+8 daraja, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:05 / 13.06.2026