Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Isroil birgalikda «Eron tajovuziga» qarshi turishga kelishib oldi
Qo‘shma Shtatlar Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor tasdiqladi.
Foto: gov.il
AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu «Eron tajovuziga» qarshi turishga kelishib oldi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
«Ikki yetakchi Eronning mintaqadagi tahdidlarini muhokama qildi va Eron tajovuziga qarshi kurashish uchun hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi», deyiladi Pentagon bayonotida.
Isroilda o‘tgan uchrashuvda Ostin Qo‘shma Shtatlarning Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Avvalroq, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) inspektorlari Eroning Fordo yer osti atom zavodida 83,7 foizgacha boyitilgan uran zarralari topilgani haqida hisobot bergan edi.
Shundan so‘ng, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
«Prezident (Jo) Bayden Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi haqida jiddiy va qat’iy va’da berdi. Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», dedi diplomat.
Mavzuga oid
09:23
CNN: AQSh razvedkasi Xitoy Eronga yordam bermoqchi deb hisoblamoqda
22:56 / 07.03.2026
BAA prezidenti mamlakat «urush holatida» ekanini ma’lum qildi
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026