Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 mart kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 12 mart, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:05 / 13.06.2026