O‘zbekiston | 21:00 / 11.03.2023
65926
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz»ga yangi rahbar tayinlandi 

Bahodirjon Siddiqov yana bu lavozimga qaytdi. 

Bahodirjon Siddiqov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi manba Kun.uz'ga xabar bermoqda. Ayni ma’lumotni Davletovuz kanali manbasi ham tasdiqlagan.

Bahodirjon Siddiqov2017−2018 yillarda «O‘zbekneftgaz» AJ raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigacha «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgandi.

So‘nggi vaqtlarda u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan. Gazeta.uz nashri e’tibor qaratishicha, fevral oyi boshida u O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi rahbari bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan edi.

Bahodirjon Siddiqovning mehnat faoliyati

  • 1999–2000 – «O‘zLITIneftgaz» AJ texnik xodimi;
  • 2001–2004 – «O‘zLITIneftgaz» MXK muhandis-konstruktor, kichik ilmiy xodim;
  • 2004–2006 – 1-toifali muhandis va «O‘zLITIneftgaz» bo‘limi boshlig‘i v.b;
  • 2006–2007 yillarda – «O‘ztyajneftgazximproyekt» Davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholash bo‘limi boshlig‘i;
  • 2007–2009 – Iqtisodiyot vazirligi yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • 2009–2010 yillarda – «O‘zbekneftgaz» qoshidagi «Neftegazinvest» DK direktori;
  • 2010–2011 yillarda – Uzbekistan GTL QK korporativ masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
  • 2011–2012 – Uzbekistan GT QKning korporativ masalalar bo‘yicha direktori;
  • 2012–2016 yillar – Uzbekistan GT QKda moliya direktori;
  • 2016–2017-yillarda «O‘zbekneftgaz» prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i – «Neftegazinvest» MChJ direktori;
  • 2017–2017 yillarda – «O‘zbekneftgaz» AJ istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i – «Neftgazinvest» direktori;
  • 2017–2018 yillarda – «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • 2018–2019-yillarda – Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.

«O‘zbekneftgaz»ga 2020 yil yanvaridan buyon Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilayotgandi.

2022 yil dekabrida energiya ta’minotidagi kamchiliklar uchun boshqa mas’ullar qatori Abdullayev ham hayfsan olgandi.

2023 yil mart oyi boshida imzolangan prezident qaroriga asosan, 31 ta yirik davlat korxonasi, xususan «O‘zbekneftgaz»ning davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyadorlik funksiyasi Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid