«Özbekneftgaz» AJ boşqaruviga yangi rais tayinlandi. Bu haqda «Özbekneftgaz» xabarida aytilgan.
Qayd etilişiça, «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi sifatida işlab kelgan Bahodir Bahromoviç Siddiqov boşqa işga ötgan.

Şu munosabat bilan Mehriddin Razzoqoviç Abdullayev «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Mehriddin Abdullayev Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan.
Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan. Undan avval esa - 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar viloyat hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini-özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari sifatida işlagan. Undan oldinroq Özbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijroçi direktori sifatida faoliyat körsatgandi.
Eslatib ötamiz, Bahodir Siddiqov 2019 yilning 14 fevral kuni «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlangandi.
Mehriddin Abdullayev «Özbekneftgaz»ning sönggi 15 oy içidagi törtinçi rahbari böldi. Kompaniyaga 2018 yil sentabrigaça Alişer Sultonov, 2018 yil sentabridan 2019 yil fevraligaça Bahrom Aşrafxonov, 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigaça Bahodirjon Sidiqov rahbarlik qilgan.
















