Yöl qöyilgan xato va kamçiliklar uçun Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov, «Özbekneftgaz» raisi Mehriddin Abdullayev, «Issiqlik elektr stansiyalari» raisi F.Abdurahmonov, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» raisi D.Isaqulov, «Hududiy elektr tarmoqlari» raisi U.Mustafoyev, «Öztransgaz» raisi B.Normatov, «Hududgazta’minot» raisi B.Eşmurodovga «hayfsan» berildi.

«Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz töğri tuşunib, norozi bölmas edi», dedi Prezident.

Boş vazirning birinçi örinbosari va uşbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda işlaşga topşiriq berildi.

«Kuni-keça Uçtepani aylanib, pastdagi ahvol böyiça xulosalarimni qildim. 

Içki köçalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytişi kerakmi?» – degan prezident.

Hududlarga sönggi yillarda 30 mingdan ortiq ştat berilib, mahallalarda şaroitlarni yaxşilaş uçun bu yilning özida 12 trillion söm berilgani körsatib ötildi.

Tuman hokimining 6-7 nafar örinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boşqaruv kompaniyalari şu oddiy işlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.