O‘zbekiston | 10:13 / 11.03.2023
6551
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy shaxmat klublariga ijara to‘lovlarisiz joy ajratiladi

Foto: Getty Images

Prezidentning “Shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va 2026 yilda O‘zbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va 2026 yilda O‘zbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda tizimli ravishda shaxmat musobaqalarini o‘tkazib borish;
  • shaxmatni o‘qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o‘quv adabiyotlarni doimiy tayyorlash hamda zamonaviy metodikalar asosida shaxmat bo‘yicha trenerlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • mamlakatda professional shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • shaxmatchilar reytingi doimiy yuritiladigan milliy elektron platformani yaratish;
  • xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat to‘garaklarini tashkil etish uchun davlat mulki obektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara to‘lovlarisiz joy ajratish;
  • 2026 yilda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid