O‘zbekiston | 11:49 / 13.03.2023
8256
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida kam bulutli, quruq ob-havo kuzatiladi

Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Kechagi sovuqdan so‘ng, bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22...+25 darajaga yetadi, janubda ba’zi joylarda +26...+28 darajagacha bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘yicha o‘tayotgan antitsiklon respublika hududi bo‘yicha kunduzgi havo haroratini +18...+20 darajagacha biroz pasaytiradi.

15–16 mart kunlari respublika shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. 13–15 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishda o‘rtacha tezlikda esadi. Havo harorati asosan +18...+22 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid