Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshiga pichoq bilan jarohat yetkazdi
Poytaxtning Mirobod tumanidagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi sport maydonchasidagi o‘zaro janjal oqibatida sinfdoshiga pichoq urdi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Joriy yilning 11 mart kuni taxminan soat 14:00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan O.J. shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro og‘zaki gap talashib qolgan. Shundan so‘ng, voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qilish o‘rniga, o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005 yilda tug‘ilgan O.J.ning bel sohasiga bir marotaba urgan.
Ro‘y bergan hodisa oqibatida O.J. tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli ekani aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga pichoq yoki boshqa sovuq qurollar muammoning yechimi emasligini, har qanday nizoni og‘zaki hal qilish mumkinligini, qonunlarga rioya etish lozimligini tushuntiring”, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
12:58 / 17.10.2024
Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchisi igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda
12:10 / 10.10.2024