Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 mart kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 18 mart, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +21...+23 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +21...+26 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:05 / 13.06.2026