Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada yo‘qolgan 2,5 tonna uran topilgani e’lon qilindi
Liviya sharqida harakat qilayotgan Liviya Milliy armiyasi 2,5 tonna uran topilgani haqida xabar berdi.
Uning yo‘qolgani 16 mart kuni Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) tomonidan e’lon qilingan edi.
Harbiylar Chad bilan chegara yaqinida o‘n konteyner uran topib olganini da’vo qilmoqda. AEXA bu xabarga hali izoh bermagan.
Avvalroq AEXA inspektorlari Liviya poytaxti Tripolidan 660 km janubi-sharqda joylashgan Sebha shahridagi obektda saqlanayotgan 2,5 tonnaga yaqin boyitilmagan uran yo‘qolganini aniqlagan edi.
Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, ushbu moddalarning har bir tonnasini tegishli texnologiya asosida boyitib, yadro qurolini yaratish uchun zarur bo‘lgan 5,6 kg uranni olish mumkin.
2011 yilda Liviya rahbari Muammar Qazzofiy taxtdan ag‘darilib, o‘ldirilgach, Sebhada anarxiya o‘rnatildi, shahar orqali noqonuniy migratsiya yo‘li o‘tdi va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qul savdosi holatlari qayd etildi.
So‘nggi yillarda shahar asosan Liviya milliy armiyasi feldmarshali Xalifa Xaftar tomonidan nazorat qilinmoqda va bu yerda qo‘shni Chad isyonchilari ham bo‘lgan.
Hammasi bo‘lib, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Liviya hukumati Qazzofiy davrida (1969-2011) taxminan 1 ming tonna uran konsentrati to‘plagan. 2003 yilda AQSh Iroqqa bostirib kirganidan keyin u xalqaro hamjamiyatga Liviya yadro dasturining rivojlanishi haqida ma’lumot berdi va 2009 yilda xalqaro inspektorlar boyitilgan uranning so‘nggi zaxiralarini mamlakatdan olib chiqib ketdi. Biroq, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda Sebhada 6,4 ming barrelga yaqin uran konsentrati saqlangan.
Mavzuga oid
08:30 / 17.06.2026
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari: O‘zbekiston ham ro‘yxatda
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
12:19 / 29.05.2026