O‘zbekiston | 14:56 / 17.03.2023
12106
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonnani tashkil etyapti

O‘zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjud. Bu haqda O‘zA Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga tayangan holda ma’lum qildi.

Foto: AP

Qayd etilishicha, oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush 24,6 ming tonna, mis 21,3 million tonnani tashkil etadi.

So‘nggi 6 yilda ishlov berish sanoatida metallurgiya sanoatining jismoniy hajmi ulushi 11 foizdan 24 foizga oshgani alohida e’tiborga molik. 2022 yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarish hajmi 97,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2016 yilga nisbatan 10 baravar ko‘pdir.

Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2030 yilga borib misga bo‘lgan talab 45 foizga o‘sib, yiliga 38 ming tonnaga yetadi. Bu esa elektromobillarga bo‘lgan talabning ortishi va «yashil» tarmoq uchun infratuzilmaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha mis va ruxni chuqur qayta ishlash evaziga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘sishi kutilayotgan bo‘lib, xususan, mis va rux asosida tasma, simlar va boshqa mahsulotlar tayyorlash ko‘payadi.

Mavzuga oid