O‘zbekiston | 10:08 / 18.03.2023
50414
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 20-22 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 20 martda +15...+20 daraja, 21-22 martda +17...+22 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 20 martda +17...+22 daraja, 21-22 martda +20...+25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21–22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 20 martda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 21–22 martda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 20 martda ertalab va kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21–22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 20 martda +19...+24 daraja, 21-22 martda +21...+26 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 21–22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 19 martda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 20 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 20 martda +5...+10 daraja, 21–22 mart kunlarida +8...+13 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid