Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tog‘li hududlarida Navro‘z bayrami arafasida qor yog‘di (video)
Foto: Uzgidromet
Ertaga, 21 mart kuni O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanadi. Bayram arafasida mamlakatning ayrim hududlarida qor yog‘di.
“O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahadovning ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani G‘yelon qishlog‘ida qor yog‘gan.
Bundan tashqari, Kitob tumanining Aspiduxtar va Denovbola qishloqlarida ham qor yog‘di.
Namangan viloyati Qamchiq dovoni hududidagi tunnellar oralig‘ida ham qor yog‘ishi qayd etildi.
Sinoptiklar xabar berishicha, 20 mart kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
16:42 / 26.02.2025
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi
11:47 / 26.02.2025