O‘zbekiston | 23:08 / 22.03.2023
56535
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Shuningdek, O‘zbekistonda bitta «millioner» kanal bor. 

Foto: Nikita Popov

Telegram haqidagi mualliflik kanali asoschisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi statistikasi bilan o‘rtoqlashdi. 

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston kanallar soni bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. 

«Ko‘pchilik bilmaydi, lekin hozir O‘zbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi bo‘yicha ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘rinda turadi. O‘zbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi», deb yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli ko‘rinadi. 

Lobushkinning xabar berishicha, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat bor. 

Shuningdek, foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshgan «millioner» kanal Kun.Uz bor.

Mavzuga oid