Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya eng yuqori ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi– 1,4 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan o‘zaro tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 1,3 mlrd dollar hamda 699 mln dollar bo‘lgan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Germaniya – 573 mln;
- Turkiya – 548 mln;
- Koreya – 308 mln;
- Qirg‘iziston – 167 mln;
- Litva – 161 mln;
- Fransiya – 152 mln;
- Shveytsariya – 131 mln.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 176,4 mln AQSh dollariga yoki 2 foizga oshgan.
Statistika agentligiga ko‘ra, 2 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 3,2 mlrd AQSh dollari va import 5,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 155 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
00:30
Rossiya FVV urush davrida murdalarni tezkor ko‘mishga oid qo‘llanma ishlab chiqdi
20:09 / 02.11.2024
Rossiya iqlim isishi tufayli Arktikadagi orolini yo‘qotdi
18:17 / 02.11.2024
«Qaytarib oling fuqarolikni» - Rossiyada o‘zbekistonlik migrant Migratsiya bo‘limida hujjatlarini otib yubordi
17:12 / 02.11.2024