Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli bloger Ilya Varlamov Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilindi
Rossiya Adliya vazirligi taniqli bloger, shaharshunos va sayohatchi Ilya Varlamovni «xorijiy agent» deb e’lon qildi.
«I.A.Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumot tarqatgan, xorijiy manbalardan yordam olgan», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
«Xorijiy agent» — Rossiyada xorijdan qo‘llab-quvvatlanadigan yoki «chet el ta’siri» ostida bo‘lgan shaxslarga beriladigan maqom. Qonunga ko‘ra, «xorijiy agent»lar Rossiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z maqomini OAV va Internetdagi xabarlarda ko‘rsatishi shart.
Ushbu me’yorlar 2012 yilda, «Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin paydo bo‘lgan. U xalqaro tashkilotlar tomonidan Rossiyada inson huquqlarini cheklovchi qonun sifatida tanqid qilinadi.
Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bag‘ishlangan kanallarni yuritadi. 2023 yil yanvar holatiga uning obunachilari soni 4 milliondan oshgan. Ko‘rsatuvlari 1,3 milliard marta tomosha qilingan.
Varlamov dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham bo‘lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag‘ishlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.
Jumladan, O‘zbekistonning katta shaharlari hokimlariga birgalikda sayr qilib, odamlar muammosi bilan qiziqib ko‘rishni taklif qilgani, Samarqandga sayohat qilgani, u yerda osh yegani haqida materiallarni e’lon qilgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025