16:48 / 24.03.2023
11345

Kuchli yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilikka yuz tutayotgan dunyo – fotojamlanma

Hozirda dunyo aholisining 3,6 milliardi suv tanqisligidan aziyat chekadi. Butunjahon meteorologiya tashkilotining prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib bu ko‘rsatkich 5 mlrd nafardan oshadi: Yer sharidagi 60 foizdan ko‘proq inson mana shu muammo bilan yuzlashadi.

Shularning oldini olish, toza suv resurslarini muhofaza qilish va saqlab qolish muhimligini odamlarga tushuntirish, turli loyihalarni ishlab chiqish maqsadida har yili 22 mart sanasi “Butunjahon suv resurslari” kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Umumjahon suv resurslari kunini o‘tkazish g‘oyasi ilk bor 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida (UNCED) berilgan.

BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 22 fevraldagi qarori bilan 22 mart Umumjahon suv resurslari kuni deb e’lon qilingan. BMTning Atrof-muhit va taraqqiyot konferensiyasining tavsiyalariga asosan bu kun 1993 yildan buyon nishonlab kelinadi.

Bu kun aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosini hal qilish bo‘yicha tegishli choralar qabul qilinishida tashabbus ko‘rsatish hamda suv resurslarini saqlab qolish qanchalik muhimligini odamlarga yana qayta eslatish maqsadida nishonlanadi.

Sana munosabati bilan Reuters nashri dunyo mamlakatlarining suv bilan bog‘liq holatni ko‘rsatuvchi fotoreportaj e’lon qildi.

Bir necha kunlik yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari natijasida avtomobilning yarmi ko‘rinib turgan idenfikatsiya raqami/ AQSh, Kaliforniya, Pajaro / 14 mart 2023 yil / Foto: Reuters/ Karlos Barriya
Kobuldagi qor qoplagan ko‘chadan bo‘sh suv idishlarini ko‘tarib ketayotgan afg‘on qizi / Afg‘oniston, Kobul / 26 yanvar 2023 yil / Foto: Reuters / Ali Xara
Kataloniyada qurg‘oqchilik sabab ichimlik suvi zaxirasi 1990 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi, baliqchilar buning oqibatida Sau suv omboridagi baliqlarni yig‘ib olmoqda / Ispaniya, Kataloniya, Vik shahri /15 mart 2023 yil / Foto: Reuters/ Nacho Doche
Prayya-du-Norti plyaji to‘lqinlarida suzayotgan syorfer / Portugaliya, Nazare 28 fevral 2023 yil / Foto: Reuters / Pedro Nunes

Fransiya bu yil rekord darajadagi quruq qishni boshidan o‘tkazdi, endilikda odamlar yozda qurg‘oqchilik va suv tanqisligi muammosi yuzaga kelishidan xavfsiramoqda.

Luara daryosining qumli qirg‘og‘i va undan o‘tgan ko‘prik manzarasi / Fransiya, Monjan-Syur-Luar / 2 mart 2023 yil / Foto: Reuters/ Stefan Maye
Drina daryosida suzayotgan tonnalab chiqindilar / Bosniya va Gersogovina, Vishegrad shahri / 21 yanvar 2023 yil / Foto: Reuters / Dado Ruvich
Kuch qishlog‘idagi kuchli yomg‘irdan so‘ng suv toshgan yerda imo-ishora qilayotgan erkak / Albaniya, Shkodra / 21 noyabr 2022 yil / Foto: Reuters / Florion Goga
 Al-Amarada yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik davrida qaqshagan yeri bo‘ylab ketayotgan iroqlik fermerlar / Iroq, Amar / 1 mart 2023 yil / Foto: Reuters / Essam al-Sudani
Dajla va Frot daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan Shatt al-Arab daryosi qirg‘og‘idagi qayiqlar / Iroq, Basra / 17 yanvar 2023 yil / Foto: Reuters / Tayor Al-Sudani
Sevandagi lagerdan panoh topgan oilaning qizi atrof hududlardagi sel suvlaridani idishga to‘ldirib olib kelmoqda / Pokiston, Sevan / 30 sentabr 2022 yil / Foto: Reuters / Axtar Sumro
Kanagava prefekturasidagi Oiso shahrida ibodatchilar okeanga tinchlik va yangi yilda omad kelishini tilash uchun “Mikosi” (ibodatxonaning kichraytirilgani)ni suvda olib yurishmoqda / Yaponiya, Tokio / 1 yanvar 2023 yil / Foto: Reuters / Kim Kyung Xun
Fransiya misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazmoqda, qurg‘oqchilik oqibatida hovuzda o‘lib qolgan ilonbaliq va baliq / Fransiya, Villeneuve-en-Retz kommunasi / 8 avgust 2022 yil / Foto: Reuters / Stefan Maye
Kuzgi barglar foni… Globochitsa ko‘li qirg‘og‘ida turgan baliqchi / Shimoliy Makedoniya / 30 oktyabr 2022 yil / Foto: Reuters / Ognen Teofilovskiy
Daxshur qishlog‘idagi qurib qolgan suv kanalida chiqindilar ustida turgan va uning ustidan uchib o‘tayotgan oq qo‘tonlar / Misrning shimolidagi Daxshur qishlog‘i / 4 oktyabr 2022 yil / Foto: Reuters / Amr Abdullah Dalsh
Baxtsiz yomg‘irli mavsumlar tufayli qurg‘oqchilik avj olayotgan Turkana va hududdagi chorvadorlar jamoasidan bo‘lgan Tina Ekiro. U Loyoro qishlog‘idagi qurigan daryo tubida qazilgan ochiq quduqdan qo‘ylarini sug‘ormoqda / Keniya, Turkana / 28 sentabr 2022 yil / Foto: Reuters /Tomas Mukoya
Poyang ko‘lining quruq tekisliklardan oqib o‘tayotgan irmoqlari, mintaqa qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgani sababli suv sathi rekord darajada pastlab ketgan / Xitoy, Nanchang, Tszyansu provinsiyasi / 28 avgust 2022 yil / Foto: Reuters / Tomas Piter
Ma’lum qismi Poyang ko‘li ostida bo‘lgan, ammo Lushandagi qurg‘oqchilikdan so‘ng bo‘y ko‘rsatib turgan Louingdin orolidagi budda inshooti / Xitoy, Tszyansu provinsiyasi / 24 avgust 2022 yil / Foto: Reuters / Tomas Piter  
Mavzuga oid
Top