Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaning barcha yo‘qotilgan hududlarni qaytarishini istaydi – OAV
Vashington «Ukrainaning mustaqil demokratik davlat sifatida omon qolishiga yordam berish uchun» Kiyevni qo‘llab-quvvatlash niyatida.
Foto: AFP
Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urushga barham berish shartlari bo‘yicha keskinroq pozitsiyani egallashni ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi The Times. Vashington barcha yo‘qotilgan hududlarni Kiyevga qaytarishni talab qilishi mumkin.
«Maqsad — Ukraina suvereniteti va mustaqilligini ta’minlash va bu hududlarning qaytarilishini anglatadi», dedi nashrga AQSh ma’muriyatining yuqori martabali manbasi.
Qo‘shma Shtatlar yaqin kelajakda voqealarning bunday rivoj olishini kutmaydi. Shunga qaramay, Vashington «Ukrainaning mustaqil demokratik davlat sifatida omon qolishiga yordam berish uchun» Kiyevni qo‘llab-quvvatlash niyatida.
20 mart kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 350 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratganini ma’lum qildi. 2021 yil yanvar oyidan beri Vashington Kiyevga umumiy hisobda 32,8 milliard dollar ajratdi.
Mavzuga oid
16:35
Mayamidagi muzokaralarga ham Ukraina, ham Rossiya delegatsiyalari keladi
16:20
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi?
15:51
Zelenskiy: YeI va AQSh bosimi bo‘lmasa, Putin muloqotga bormaydi
13:32