Ukraina dronlari yana Rossiya regionlari böylab yopirilma hujum amalga oşirdi. RF mudofaa vazirligi hisobotiga köra, Rossiyaning 14 regioni, anneksiya qilingan Qrim va Azov dengizi uzra ukrainlarning 249 ta droni urib tuşirilgan.
Yaroslavl oblasti rahbari Mixail Yevrayev dronlar yoqilği saqlanuvçi sanoat obektlariga urilgani va buning natijasida yonğin çiqqani haqida xabar bergan. U aynan qaysi obektlar hujumga uçraganiga aniqlik kiritmagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq. Hujum vaqtida mahalliy rasmiylar hudud markazidan poytaxt Moskva tomon transportlar harakatini tösib qöygan.
Rossiyaning Astra naşri jurnalistlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarni tahlil qilib, regiondagi hujum nişoni Ribinskda joylaşgan «Temp» kombinati bölgan, degan xulosaga kelişgan. Uşbu korxonada yoqilği ham saqlanadi. Ukraina bu kombinatga 2025 yil 31 dekabrida ham hujum qilgandi.
Ribinsk uzra quyuq tutun kötarilgan, mahalliy aholi vakillari dronlar hujumidan keyin şahar uzra «neft yomğiri» yoğib ötganini aytişgan.
Tula oblastida urib tuşirilgan dron qoldiqlari Novomoskovskdagi sanoat korxonalaridan birining hududiga qulagan, deb xabar berdi gubernator Dmitriy Milyayev. U gap aynan qaysi korxona haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
Astra naşri va Ukrainadagi Exilenova+ telegram-kanaliga köra, ukrain dronlari hujumidan keyin «Azot» kimyo kombinatida yonğin çiqqan. Ukraina bu kombinatga ham avval bir neça bor zarba bergandi, oxirgisi 8 iyun kuni kuzatilgan. Zavod saytida «Azot» – mamlakatdagi eng yirik ammiak va azotli öğit işlab çiqaruvçisi ekani qayd etilgan (azot kislotasi portlovçi moddalar işlab çiqarişda qöllanadi).
Orlov oblasti gubernatori Andrey Kliçkov «tun notinç ötgani»ni xabar qilgan. Rasmiylarga köra, Oryol şahrida ukrainlar droni köp qavatli turar joy binosiga urilgan. Jurnalistlar aniqlaşiça, gap «Zeleniy ostrov» turar joylar kompleksi haqida bormoqda. Uyning bir neça qavati olov içida qolgan. Hodisa oqibatida bir kişi halok bölib, yana sakkiz kişi yaralangan. Hujumga uçragan kvartiralarda yaşovçilar mehmonxonalarga joylaştirilgan.
Smolensk oblastining Vyazme şahrida ukrain droni parçalari xususiy uylardan birining ustiga qulagan, deb xabar beradi gubernator Vasiliy Anoxin. U yerda yonğin çiqqan. Jabrlangan ayol şifoxonaga yotqizilgan. Anneksiya qilingan


















