Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarning bir qismini qaytarish taklif etildi
Gap 200 ming chet el fuqarolari haqida bormoqda.
Rossiyada kichik huquqbuzarliklar uchun mamlakatdan chiqarib yuborilgan mehnat migrantlariga nisbatan amnistiya e’lon qilish taklif etildi. Bunday tashabbus bilan Davlat dumasining iqtisodiy siyosat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Artyom Kiryanov chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Rossiya mehnat bozoriga bir necha o‘n mingdan 200 minggacha xorijlik ishchilarni jalb qilishga yordam beradi, bu esa Rossiya qurilish majmuasini eng ko‘p qiziqtiradi, deb yozdi «Rossiyskaya gazeta».
Kichik huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni amnistiya qilish taklif etilmoqda. Bu asosan hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan yoki mamlakatni tark etishi kechiktirilgan odamlardir.
Deputatning qayd etishicha, hali deportatsiya qilinmagan xorijliklardan ham jazoni olib tashlash mumkin.
Avvalroq, Rossiyadan deportatsiya qilingan xorijlik quruvchilar uchun amnistiya zarurligini NOSTROY prezidenti Anton Glushkov ham qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan migrantlar soni juda ko‘p.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning 6,9 ming nafar fuqarosi ishlash uchun ruxsatnoma olgan. 1 mln 215 ming nafarida esa patent bor.

Mavzuga oid
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026