SSV: Bolalar milliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi
Maqsud Saidov Rossiya, Germaniya va Belarusda ishlagan, 2018 yilda O‘zbekistonga qaytgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Maqsud Arifovich Saidov Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1986 yilda tug‘ilgan M.Saidov Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagach, Rossiyaning akademik A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.
2015 yildan 2018 yilgacha ushbu nufuzli tibbiyot markazida vrach-kardioxirurg sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Germaniya va Belarusning yetakchi klinikalarida malaka oshirgan.
2018 yilda O‘zbekistonga qaytib, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri sifatida ish boshlagan.
«Bir necha xorijiy tilda erkin muloqot qila oladigan M.Saidov 2020 yildan beri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024