O‘zbekiston | 07:19 / 27.03.2023
27812
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 21 yoshli yigit Malibu-2'da YTHga uchradi

Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Videodan kadr

2023 yil 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli ko‘chasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan A.Sh boshqaruvidagi Malibu-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan

Malibu-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 2006 yilda tug‘ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid