Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi bo‘yicha tribunal tuzishga chaqirdi
Vashingtonning fikricha, tribunal keng xalqaro yordamga ega bo‘lishi va Ukrainada emas, balki Yevropa davlatlaridan birida joylashgan bo‘lishi kerak.
Qo‘shma Shtatlar o‘z ishida Ukraina qonunchiligiga amal qiladigan Rossiya agressiyasi bo‘yicha xalqaro tribunal tashkil etish tarafdori. Bu haqda 28 mart, seshanba kuni AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patel ma’lum qildi. «AQSh Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyati bo‘yicha xalqaro sud shaklida maxsus tribunal tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu sud Ukrainaning xalqaro elementlarga ega huquqiy tizimiga asoslanishi kerak», dedi u jurnalistlarga.
Patelning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tribunal keng xalqaro qo‘llab-quvvatlovga, ayniqsa yevropaliklar tomonidan ega bo‘lishi va «ideal holda» Ukrainada emas, balki Yevropa davlatlaridan birida joylashgan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Avvalroq, bunday tribunal tashkil etilishini AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland izohlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tribunalga o‘xshash mexanizm joriy yilning yozigacha yaratilishini kutmoqda.
2022 yil noyabrida Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun maxsus tribunal yaratish taklifini Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen bildirgandi. O‘shanda u ushbu organ BMT shafeligida va YeIning eng yaqin hamkorlari ko‘magida tuzilishi kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025