Jahon | 12:35 / 29.03.2023
9832
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh koinotda Rossiya va Xitoy bilan ziddiyatga tayyorlanmoqda

Qo‘shma Shtatlar Xitoy va Rossiya tomonidan sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘yadigan, harbiy va fuqarolik aloqalarini buzishi mumkin bo‘lgan raketalar va lazerlar joylashtirilishidan xavotirda.

Foto: Getty Images

Rossiya va Xitoydan kelayotgan ehtimoliy tahdidlarning kuchayishi fonida Pentagon AQSh Kosmik kuchlarini (USSF) koinotda ushbu davlatlar bilan kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorlashga kirishdi, deb yozadi 28 mart, seshanba kuni The Wall Street Journal onlayn nashri.

Nashrda ta’kidlanganidek, AQSh harbiylarining bunday qadam qo‘yishiga, xususan, Xitoy va Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘yadigan, harbiy va fuqarolik aloqalarini buzadigan raketa va lazerlar joylashtirayotgani sabab bo‘lgan.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, bu oy Oq uy USSF yillik budjetini 30 milliard dollarga oshirishni taklif qildi. Bu 2022 yildagidan qariyb 4 milliard dollar va AQSh harbiylarining boshqa qismlari, jumladan, havo kuchlari va dengiz flotidan ham ko‘proq. Shu bilan birga, birinchi marta Kosmik kuchlar harbiy xizmatchilarini harbiy operatsiyalarga tayyorlash uchun simulyatorlar va boshqa jihozlarni sotib olish USSF xarajatlari ichiga kiritilgan.

Qayd etilishicha, Kosmik kuchlar uchun raketalarni uchirish bo‘yicha navbatdagi harbiy shartnomalar paketining markaziy qismi ularni Xitoy va boshqa dushmanlar hujumidan himoya qilish hisoblanadi. USSF rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarning maqsadi sun’iy yo‘ldoshlar dushman uskunalari tomonidan aniqlanishini qiyinlashtirish, shuningdek, kosmosdan yoki yerdan lazer bilan ularni o‘chirish imkonini pasaytirishdan iboratdir.

Mavzuga oid