Rossiya va Xitoydan kelayotgan ehtimoliy tahdidlarning kuçayişi fonida Pentagon AQŞ Kosmik kuçlarini (USSF) koinotda uşbu davlatlar bilan kelajakda yuzaga kelişi mumkin bölgan mojaroga tayyorlaşga kirişdi, deb yozadi 28 mart, seşanba kuni The Wall Street Journal onlayn naşri.

Naşrda ta’kidlanganidek, AQŞ harbiylarining bunday qadam qöyişiga, xususan, Xitoy va Rossiya sun’iy yöldoşlarni öçirib qöyadigan, harbiy va fuqarolik aloqalarini buzadigan raketa va lazerlar joylaştirayotgani sabab bölgan.

WSJ ma’lumotlariga köra, bu oy Oq uy USSF yillik budjetini 30 milliard dollarga oşirişni taklif qildi. Bu 2022 yildagidan qariyb 4 milliard dollar va AQŞ harbiylarining boşqa qismlari, jumladan, havo kuçlari va dengiz flotidan ham köproq. Şu bilan birga, birinçi marta Kosmik kuçlar harbiy xizmatçilarini harbiy operatsiyalarga tayyorlaş uçun simulyatorlar va boşqa jihozlarni sotib oliş USSF xarajatlari içiga kiritilgan.

Qayd etilişiça, Kosmik kuçlar uçun raketalarni uçiriş böyiça navbatdagi harbiy şartnomalar paketining markaziy qismi ularni Xitoy va boşqa duşmanlar hujumidan himoya qiliş hisoblanadi. USSF rahbarlarining sözlariga köra, uşbu çora-tadbirlarning maqsadi sun’iy yöldoşlar duşman uskunalari tomonidan aniqlanişini qiyinlaştiriş, şuningdek, kosmosdan yoki yerdan lazer bilan ularni öçiriş imkonini pasaytirişdan iboratdir.