Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya 4 apreldan NATOga a’zo bo‘ladi
Finlandiya 4 aprel, seshanba kuni rasman NATOga a’zo bo‘ladi, deya ma’lum qildi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
«Biz bu yerda, NATO shtab-kvartirasida birinchi marta Finlandiya bayrog‘ini ko‘taramiz. Bu Finlandiya xavfsizligi, Shimoliy Yevropa mamlakatlari va umuman NATO xavfsizligi uchun yaxshi kun bo‘ladi», dedi u Bryusselda jurnalistlarga.
Yyens Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, «natijada, Shvetsiya ham xavfsizroq bo‘ladi».
1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarshi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnashmadi.
2022 yil may oyida Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz kechish qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sabab bo‘ldi.
Avvalroq Yyens Stoltenberg ikkala davlat ham «NATOga bajonidil qabul qilinishi» mumkinligini aytgan edi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
09:37 / 25.05.2026