Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonda ikki farzandini sotib yubordi
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 31 yoshli ayol Qozog‘istonning Oral shahrida ikki farzandini sotgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qozog‘iston politsiyasi yosh ayol 2018 va 2019 yillarda tug‘ilgan ikki farzandini sotganini aniqlagan.
«Birinchi fakt 2018 yil iyun oyida yuz bergan. Ayol yangi tug‘ilgan farzandini Atirau viloyatidan bo‘lgan er-xotinga farzandlikka olish uchun noqonuniy ravishda bergan. Ikkinchi fakt esa 2022 yil dekabr oyida yuz bergan. Ayol uch yoshli qizini orallik er-xotinga 1 million tengega sotib yuborgan», dedi QR IIV Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Qanat Nurmag‘ambetov.
Uning ta’kidlashicha, mazkur holatlar bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Voyaga yetmaganlar savdosi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
13:45 / 07.03.2026
O‘zbekiston mahalla tizimi Britaniyada qiziqish uyg‘otdi
13:24 / 07.03.2026
Suv tanqisligining oldini olish uchun yangi choralar qabul qilindi
12:16 / 07.03.2026