Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qishloq yoshlarga shafqat qilmasdi” - Erkin Komilov
Andijon viloyatida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda taniqli san’atkorlar va 10 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov yig‘ilganlar oldida chiqish qildi.
“Biz maktabda o‘qigan vaqtlarimizda darsga borishimiz bilan chopiq, “yagona”, “chekanka”, paxta terimiga chiqardik. Biz shunga ko‘nikkandik. Qishloq yoshlarga shafqat qilmas edi. Yoshlar, hozir shunday dorilamon kunlarda yashayapsizlarki, faqat shukrona qilish kerak”, — dedi Komilov.
Taniqli aktyor tadbir ishtirokchilarini konstitutsiya islohotlariga befarq bo‘lmaslikka, jamoatchilikni 30 apreldagi referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Targ‘ibot tadbirlari butun respublika hududlari bo‘ylab davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
15:32 / 09.06.2026