Jahon | 18:31 / 04.04.2023
10877
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter logotipini o‘zgartirdi 

Qushcha o‘rnini it egalladi – bu vaqtincha yoki doimiymi, ma’lum emas.

Foto: Twitter

Twitter ijtimoiy tarmog‘i butun dunyoga tanish bo‘lib qolgan ko‘k qushcha ko‘rinishidagi logotipni Dogecoin kriptovalutasi ramzi bo‘lmish it suratiga o‘zgartirdi.

Logotipdagi bu o‘zgarish doimiymi yoki vaqtinchami, hozircha ma’lum emas, ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning o‘zi bu mavzuga izoh bermayapti.

O‘zgarishdan so‘ng Binance birjasida Dogecoin kriptovalutasi narxi 30 foizga oshdi.

Ilon Mask Dogecoin kriptovalutasini ommalashtirishdan charchamayapti. Ikki yil oldin, u Oyga kriptovalutani yuborishga va’da berdi va 2022 yil may oyida u SpaceX kompaniyasi Dogecoin bilan to‘langan sun’iy yo‘ldoshni Oyga uchirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bundan tashqari, Ilon Mask egalik qiladigan Tesla kompaniyasi o‘zining ayrim mahsulotlari uchun to‘lov sifatida Dogecoin kriptovalutasini qabul qilishga tayyorligi haqida bayonot bergan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid