Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LRT: Rossiyaga YeIdan samolyotlar sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda olib kelinyapti
Rossiyalik tadbirkorning Turkiya va Italiyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalari tarmog‘i rossiyaliklarga Yevropa Ittifoqi hududidan samolyotlar sotib olish va ularni Rossiyaga jo‘natish imkonini beradi, deb aniqladi litvalik jurnalistlar.
Rossiyalik tadbirkorlar Turkiya va Italiyadagi kompaniyalar tarmog‘i orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida samolyot sotib olishlari mumkin bo‘lgan. Ushbu sxema bo‘yicha tekshiruv 4 aprel, seshanba kuni Litvaning LRT teleradiokompaniyasi jurnalistlari tomonidan e’lon qilindi.
Sxemaga uchuvchilar va samolyotlar egalarining Rossiya mintaqalararo jamoat tashkiloti («AOPA-Rossiya») boshqaruv a’zosi Yevgeniy Kabanov nomiga ro‘yxatdan o‘tgan firmalar kiradi. Uning Rossiya kompaniyasining telegram-kanali sanksiyalarga qaramay, Yevropada samolyot yoki vertolyot sotib olishga, Yevropa Ittifoqida bloklangan samolyotni qaytarishga yoki ehtiyot qismlarni sotib olishga yordam berishi haqida xabar qoldirgan.
Xususan, LRT to‘rt o‘rinli kichik Cessna 172 samolyotini Daniyada Kabanov nomiga ro‘yxatdan o‘tgan Turkiyaning Edermont kompaniyasi sotib olganini aniqladi. Xaridor samolyot Turkiyada foydalanilishini da’vo qilgan, biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Milanda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa bir Kabanov kompaniyasi MAK Aviation vositachiligida ular samolyotni Shvetsiya va Litva orqali Pskovga yetkazishga harakat qilgan. Litvaning Palanga shahri aeroportida yonilg‘i quyish chog‘ida samolyot ushlandi.
Daniya va Litva rasmiylari sanksiyalarning buzilishi ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. O‘rnatilgan cheklovlarga ko‘ra, ruslarga tegishli, buyurtma qilingan yoki boshqa yo‘l bilan boshqariladigan samolyotlar Yevropa Ittifoqiga qo‘na olmaydi yoki undan chiqib keta olmaydi.
Mavzuga oid
18:11
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026