Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Xitoyga tashrif buyurdi
Foto: Diana Chan
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5 aprel kuni Pekinga yetib keldi.
Fransiya rahbari Xitoyni Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlashdan qaytarishga umid qilmoqda, deb xabar berdi uch kunlik safar oldidan jurnalistlarga Fransiya rahbari idorasi vakili.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Makron Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralar chog‘ida Vashington tomonidan tez-tez eshitiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilik ohangidan farq qiladigan «boshqa yo‘l»ni taklif qilmoqchi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida Xitoyning Yevropa bilan savdo aloqalari muvozanatini tiklash, shuningdek, Fransiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Tashrif arafasida Makron AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatida Xitoyga bo‘lajak safari va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Ikki yetakchi Pekindan urushga yechim izlashni tezlashtirishga yordam berishini istashini ma’lum qildi, deya ta’kidlab o‘tdi fransiyalik diplomatik manba.
Suhbat chog‘ida «Ukrainadagi urushni erta tugatish va mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun xitoylarni jalb qilish bo‘yicha Fransiya va AQShning umumiy irodasi» namoyon bo‘ldi, dedi manba.
Mavzuga oid
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
10:03 / 23.01.2026
Fransiya O‘rta Yer dengizida Rossiya tankerini ushladi
22:54 / 22.01.2026
Makronning ko‘zoynagi iVision Tech kompaniyasi qiymatini 4 million dollarga oshirdi
08:29 / 21.01.2026