Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5 aprel kuni Pekinga yetib keldi.
Fransiya rahbari Xitoyni Rossiyaning Ukrainadagi uruşini qöllab-quvvatlaşdan qaytarişga umid qilmoqda, deb xabar berdi uç kunlik safar oldidan jurnalistlarga Fransiya rahbari idorasi vakili.
Manbaning sözlariga köra, Makron Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralar çoğida Vaşington tomonidan tez-tez eşitiladigan töğridan töğri qarama-qarşilik ohangidan farq qiladigan «boşqa yöl»ni taklif qilmoqçi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, taşrif çoğida Xitoyning Yevropa bilan savdo aloqalari muvozanatini tiklaş, şuningdek, Fransiyaning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi manfaatlarini himoya qiliş masalalari körib çiqiladi.
Taşrif arafasida Makron AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatida Xitoyga bölajak safari va Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasini muhokama qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Ikki yetakçi Pekindan uruşga yeçim izlaşni tezlaştirişga yordam berişini istaşini ma’lum qildi, deya ta’kidlab ötdi fransiyalik diplomatik manba.
Suhbat çoğida «Ukrainadagi uruşni erta tugatiş va mustahkam tinçlik örnatiş uçun xitoylarni jalb qiliş böyiça Fransiya va AQŞning umumiy irodasi» namoyon böldi, dedi manba.












