Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lempard mavsum yakuniga qadar «Chelsi»ni boshqaradi
«Chelsi» klubi Frenk Lempard jamoaga qaytganini rasman e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Lempard mavsum yakuniga qadar jamoada bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U klubni tark etgan Grem Potter o‘rnini egalladi.
Avvalroq, insayder Fabritsio Romano Frenk Lempardning mavsum yakuniga qadar jamoada bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ish olib borishi hal qilingan masala ekani, angliyalik mutaxassisga uning jamoadagi sobiq sherigi Eshli Koul yordam berishi haqida xabar qilgandi.
Sky Spors xabariga ko‘ra, Lempard «Chelsi»dagi dastlabki mashg‘ulotlarini bugun, 6 aprel kuni o‘tkazadi. U 8 aprel kuni «Vulverhempton»ga qarshi bahsda jamoani murabbiy sifatida boshlab tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard «Everton»dan iste’foga chiqqach, hozirgacha ishsiz edi. U 2019-2021 yillarda «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Qolaversa, 2001-2014 yillar davomida londonliklar safida to‘p surgan.
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026