Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI O‘zbekiston uchun GSP+ tizimi benefitsiari maqomini uzaytirishi mumkin
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevroparlament a’zolari bilan O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Muzokaralar chog‘ida 2024-2034 yillarga mo‘ljallangan yangi muddatga mamlakat uchun GSP+ tizimi benefitsiari maqomini uzaytirish choralari ko‘rib chiqildi. YeI delegatsiyasi O‘zbekiston zarur konvensiyalarni ratifikatsiya qilgani va ushbu tizimning benefitsiarlari maqomini uzaytirish uchun barcha asoslarga ega ekanini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini muhokama qildi. Yevroparlament vakillari YeI rahbariyatining bu jarayonda yaqin hamkorlik qilish hamda konsalting va texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.
O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani hamda parafinlangani qayd etildi. Hujjat ichki tartib-qoidalar, shu jumladan huquqiy ekspertiza va tomonlarning davlat tillariga tarjima qilinganidan keyin imzolanadi.
Ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston – YeI quyi qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishini joriy yilning iyun oyida Bryussel shahrida tashkil etish, iqtisodiy sohada boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha mutaxassislar darajasida doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikrga kelindi.
Mavzuga oid
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
10:20 / 23.03.2026
WP: Orbanga yaqin shaxslar YeI yig‘ilishlari haqida Moskvaga axborot bergan
15:21 / 21.03.2026
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
13:05 / 19.03.2026