Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi
U 2019 yilda Nukusdagi qarindoshlari bilan aloqani uzgan.
Qozog‘istonning Atirau viloyatida to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi. U Qozog‘istonga 2017 yilda borgan va 2019 yildan beri bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Atirau viloyati IIB xabariga ko‘ra, «Migrant» tadbiri davomida mamlakatning migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklar aniqlangan.
«Shuningdek, 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1975 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi topilgan. U Qozog‘iston hududiga 2017 yilda ish yuzasidan kelgan. 2019 yildan beri u Nukusdagi qarindoshlari bilan aloqani uzgan. Shu sababli uning qarindoshlari Nukus shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishgan. Shu tariqa xorij fuqarosi o‘z mamlakatida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan», deyiladi xabarda.
Politsiya xodimlari 48 yoshli xorijlikning shaxsini aniqlash va uni o‘z mamlakatiga qaytarish uchun tegishli hujjatlar ro‘yxatini yig‘moqda. O‘zbekiston fuqarosi politsiyaning qabul qilish va tarqatish bo‘limiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
17:25 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasi bilan tanishdi
19:52 / 21.04.2026