O‘zbekiston | 14:11 / 13.04.2023
22797
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi 

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

15 aprelda respublika hududida, 16 aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

15-17 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

17 aprelga havo harorati kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 darajagacha pasayadi. 16-17 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -1...-3 daraja bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +7...+12 darajagacha pasayadi.

15-17 aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi), sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya etish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid