Jahon | 18:12 / 13.04.2023
5173
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Germaniyadan MiG-29’ni Ukrainaga topshirishga ruxsat berishni so‘radi

Foto: Picture Alliance

Polsha rasmiylari Germaniya hukumatidan Ukrainaga sovet ittifoqi davrida ishlab chiqilgan qiruvchi samolyotlarni topshirishga ruxsat berishni so‘radi, deb yozadi dpa agentligi hukumat doiralaridagi manbalarga tayanib

Gap GDRning sobiq zaxiralaridan Germaniya Polshaga topshirgan MiG-29 samolyotlari haqida bormoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi vakili Varshavadan so‘rov olinganini tasdiqladi.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda Varshava Kiyevga jami 14 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib berishini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtta MiG-29 allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan, yana to‘rtta qiruvchi samolyotni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda. 

Keyinchalik Polsha Ukrainaga yana oltita jangovar samolyot yuborishga tayyorligi aytilgan. «Biz ularni yaqin kelajakda yetkazib berish mumkin deb o‘ylaymiz», - deya qo‘shimcha qilgandi Duda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid