O‘zbekiston | 13:47 / 13.04.2023
22023
2 daqiqa o‘qiladi

Subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston prezidenti “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar beryapti.

Ipoteka va subsidiya ajratish tartibiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning to‘lov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi;

banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega;

subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin;

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi berildi.

Mavzuga oid