Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada ikki amerikalik fuqaro halok bo‘ldi
Yana ikki amerikalik fuqaro Rossiya bilan urushda Ukraina tomonida jang qilayotganda halok bo‘ldi, deb yozadi Daily Beast.
AQSh Davlat departamenti nashrga ularning ismlarini aytmasdan, qurbonlarning qarindoshlari bilan aloqada ekanligini tasdiqladi.
Rossiyalik harbiy blogerlarning ta’kidlashicha, halok bo‘lgan ko‘ngillilarning birinchisi Uolter Uiton bo‘lgan, shunday ismli odamning qarindoshi Daily Beast muxbiri bilan telefon orqali suhbatda Uolterning o‘limi faktini tasdiqladi, ammo boshqa ma’lumot berishdan bosh tortdi.
Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan ikkinchi AQSh fuqarosi Gredi Kurpasi bo‘lib, bu haqda besh kun oldin GoFundMe veb-saytida uning qarindoshlari tomonidan yaratilgan mablag‘ yig‘ish kampaniyasi sahifasida aytiladi.
Ular Kurpasining dafn marosimi va uning o‘limi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun pul yig‘ishmoqda.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38 / 19.06.2026