Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan 4 kishi qutqarildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani yo‘ldan adashgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Kecha, 13 aprel kuni soat 19:50 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga viloyatning Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda dam olish uchun borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolganliklari haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi.
Qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida yo‘ldan adashgan fuqarolar tumanning Burchmulla mahallasi hududidagi tog‘larning yuqori qismida ekanliklari aniqlangan.
Samarali sa’y harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan 4 nafar fuqaro sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Mavzuga oid
14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
09:35 / 24.12.2024