Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qaysi hududlarda aholi soni tez o‘sayotgani ma’lum qilindi
Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari aholisi tez o‘smoqda. Hududlar kesimida doimiy aholi sonining ko‘payishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonda 2023 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘paygan.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilyapti – 3,3 foiz.
Undan keyingi o‘rinlardan doimiy aholi sonining o‘sishi mos ravishda 2,3 foizni tashkil etayotgan Namangan viloyati, Jizzax viloyati va Surxondaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 2,2 foiz;
- Andijon viloyati – 2,1 foiz;
- Navoiy viloyati – 2,1 foiz;
- Farg‘ona viloyati – 2,1 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 2 foiz;
- Xorazm viloyati – 1,8 foiz;
- Toshkent viloyati – 1,8 foiz;
- Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 foiz.
Mavzuga oid
18:01 / 01.07.2026
Aholi soni bo‘yicha yangi raqamlar: eng katta farq Toshkent viloyatida
12:18 / 01.07.2026
Ro‘yxatga olishda O‘zbekiston aholisi ko‘proq chiqqaniga izoh berildi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
11:24 / 30.06.2026