09:05 / 15.04.2023
3971

Yevropa Kengashi Navalniyning sog‘lig‘i holatidan xavotirda

Yevropa Kengashi koloniyada Aleksey Navalniyga to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Foto: AP

Yevropa Kengashi rahbarlari rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i holatidan xavotirda. Tegishli bayonot 14 aprel, juma kuni xalqaro tashkilot matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

«Rossiyada zaharlanish yo‘li bilan hayotiga suiqasddan so‘ng ikki yildan ortiq qamoqda saqlanayotgan Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i shiddat bilan yomonlashayotgani haqidagi xabarlardan chuqur xavotir bildiramiz», — deyiladi bayonotda. «Aleksey Navalniyga nisbatan yomon munosabat va qamoqda saqlashning og‘ir sharoitlari haqidagi xabarlardan jiddiy xavotirdamiz va biz Rossiyani zudlik bilan tegishli tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqiramiz», — deyiladi unda.

Kengash Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi qarorlarini esga oldi. Ular, shuningdek, Navalniyni zudlik bilan ozod qilish chaqirig‘ini takrorladilar va Rossiya sudning barcha yakuniy qarorlarini to‘liq bajarishga so‘zsiz majburligini ta’kidladilar.

Bayonot mualliflari Islandiya tashqi ishlar vaziri, vazirlar qo‘mitasi raisi Tordis Kolbrun Reykford Gyulfadottir, Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi raisi Tini Koks va tashkilot bosh kotibi Mariya Peychinovich-Burich bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top