Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AnadoluJet Anqara – Toshkent – Anqara yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
Bugun, 18 aprel kuni erta tong mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Anqara – Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan aviakompaniyaning Boeing 737-800 havo kemasida 160 nafar yo‘lovchi Toshkentga keldi.
Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.
Bugungi kunda, shuningdek, O‘zbekison va Turkiya o‘rtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yo‘nalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
19:11 / 13.04.2025