Nyu-Yorkda Xitoy politsiyasining maxfiy qarorgohi topildi
AQSh Adliya vazirligi Nyu-Yorkda Xitoyning maxfiy politsiya boshqarmasini topdi, ikki nafar xodim hibsga olindi.
Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Nyu-Yorkda Xitoy politsiyasining maxfiy idorasini topdi va uning ikki xodimini hibsga oldi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligiga tayanib ABC News xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik vakili gumonlanuvchilarni Xitoy hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa «davlat xizmatlari» ko‘rsatishda, shunindek, dissidentlarni ta’qib qilishda ayblamoqda.
Gumonlanuvchilar «Xitoy milliy politsiyasi nomidan» Manhettenning Chaynataun tumanida bo‘lim tashkil etish uchun «hamkorlikda ishlagan», dedi u.
Bo‘lim 2022 yil fevral oyidan beri ishlagan va uning xodimlari Nyu-York aholisi bo‘lgan. Vakilning ta’kidlashicha, amerikaliklarga «buyuk shaharda maxfiy politsiya bo‘limlari kerak emas».
Nyu-Yorkning Sharqiy okrugi advokati Breon Pis so‘zlariga ko‘ra, Xitoy politsiyasining 34 nafar xodimiga ayblov e’lon qilingan. AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda 44 kishi ayblanmoqda.
Xitoy uzoq vaqtdan beri boshqa mamlakatlarda «politsiya bo‘limlari»ni tashkil qilmoqda. Uning xodimlari asosan quvg‘inda yashayotgan dissidentlarni ta’qib qilish bilan shug‘ullanadi.
Yevropada bunday «politsiya bo‘limlari»ning keng tarmog‘i mavjud. Noyabr oyida Niderlandiya hukumati rasmiy Pekindan bunday muassasalarni yopishni talab qilgan edi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024